O‘zbekistonda 2030-yilgacha transport-logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Transport vaziri “muammoli mamlakatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklar aniqlanishini aytdi. Xitoy, Ukraina, Moldova va boshqa davlatlar bilan transport shartnomalari ko‘rib chiqiladi.
Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. QR-chipta xarid qilish uchun bekatlarda qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Buxoro — Turkiston, Toshkent — Ufa, Nukus — Urumchi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchilarga hamkorlik taklif qildi.
O‘zA Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini naqd pulda to‘laydigan yo‘lovchilar “chiptasiz sayohat” moddasi bo‘yicha jarimaga tortilishi haqida xabar berdi. Xabarni aksariyat OAV va “Toshshahartransxizmat” qayta chop etdi. Transport vazirligi esa ma’lumotni rad etdi.
Toshkentda rekonstruksiya ishlari sabab Taras Shevchenko ko‘chasi bir oyga yopilishi tufayli ushbu ko‘chadan o‘tadigan 6 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartiriladi. Transport vazirligi qatnov va oraliq vaqtlari me’yordan ortib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan “Toshkent-Xiva” tezyurar yo‘nalishi bo‘yicha oltita poyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.
Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bungacha xususiy sektorda, shuningdek, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.
Transport vazirligi 5 ta yo‘nalishda yangi muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Avtobuslar Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo hududlariga qatnaydi.
23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
18-iyuldan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd “Quva” bekatida ham 2 daqiqa to‘xtab o‘tadi. Transport vazirligi reyslar jadvalini e’lon qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar masofasini 40 km ga qisqartiradigan yangi navigatsiya yo‘lagini joriy etdi. Yo‘nalish yiliga 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejab, atmosfera chiqindilarini 250 tonnagacha kamaytiradi, dedi Transport vazirligi. Undan kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya samolyotlari uchib o‘tadi.
Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.
Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi pulli avtomobil yo‘lining qiymati 4,65 mlrd dollarni tashkil etadi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini iyun oxirigacha tugatish reja qilinmoqda. U, shuningdek, trans-afg‘on temiryo‘li va boshqa loyihalar haqida ham gapirdi.
Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va kelgusida boshqarishga qiziqish bildirdi.
Toshkentdan Chorvoqqa kuniga ikki mahal avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan ertalab 8:00 va kechki 18:00 da jo‘naydi, Xumsondan 6:00 va 16:00 da qaytadi. Yo‘lkira — 20 ming so‘m.
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari yuk mashinalari tranzitini soddalashtirish va ruxsatnoma blankalarini bekor qilishga kelishib oldi. Bu yetkazib berish muddatini qisqartirishi va yuk xavfsizligini oshirishi kutilmoqda.
Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Toshkent-Chinoz yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasiga qiziqish bildirmoqda. Uni ta’mirlash 2022-yil boshida muhokama qilingandi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonda pulli yo‘llar qurishni reja qilmoqda.
Poytaxt hokimligi qoshida Yo‘llarda harakatni tashkillashtirish markazi ochiladi. U qoidabuzarliklarni qayd etuvchi 2 mingdan ortiq foto va video qayd etish tizimini o‘rnatadi, transport kompleksi uchun yagona reklama maydoni, pullik to‘xtash joylari va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasi yaratadi.
Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting